Özbekistonning toğli hududlarida ob-havo şaroitining yomonlaşişi tufayli köçkining yuqori xavfi kuzatilmoqda. Şu sababdan «Qamçiq» dovoni orqali ötuvçi A-373 Toşkent-Öş trassasida transport harakati xavfsizligini ta'minlaş maqsadida qutqaruvçilar otryadlari tunu-kun navbatçilikda turibdi, deb yozmoqda Nuz.uz naşri.
RIA "Novosti"ning Özbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatiga tayangan holda xabar berişiça, dovonda yaqin kunlar içida köçki xavfi kutilmoqda, havo harorati 8-10 daraja sovuqqa qadar tuşişi, köriş masofasi esa 50-100 metrgaça qisqarişi mumkin, şamolning tezligi soniyasiga 20 metrgaça ortadi.

















