Yaponiyada birinchi harbiy aloqa yo‘ldoshi uchirildi

Foto: EPA
Yaponiyada birinchi harbiy aloqa yo‘ldoshi "Kirameki-2" ("Uchqun-2") Tanegasima orolidagi kosmodromdan H-2A raketa-tashuvchisi yordamida uchirildi.
Shu tariqa, faqatgina mamlakat qurolli kuchlariga xizmat ko‘rsatuvchi uchta qurilmadan iborat guruh yaratish ishlari boshlandi.
Yo‘ldoshlar harbiy maqsadlar uchun yuqori tezlik va sifatni ta'minlab beradi. Ayni damda Yaponiya mudofaa vazirligi buning uchun uchta fuqarolik yo‘ldoshidan foydalanmoqda.
Parvozga chiqarilgan qurilma Hind okeani uzra geostatsionar orbitada bo‘ladi. U bu hududdagi yapon kuchlari bilan aloqani ta'minlaydi. Ular orasida Janubiy Sudandagi tinchlikparvar kontingent va Somali qaroqchilariga qarshi amaliyotda ishtirok etayotgan harbiy dengiz kuchlari kemalari bor.
Avvalroq harbiy aloqa yo‘ldoshlari seriyasidagi birinchi "Kirameki-1" 2016 yilning iyulida Fransiya Gvianasidagi Kuru kosmodromidan uchirilishi taxmin qilingandi, biroq qurilma olib kelish jarayonida zarar ko‘rgan. Endilikda uni 2018 yilning martida orbitaga chiqarishadi. Bu uskuna Tinch okeani zonasidagi harbiy aloqani ta'minlab, KXDR va Xitoyni “bosib turish” imkoniyatlarini oshiradi. "Kirameki-1" va "Kirameki-2"ning umumiy qiymati taxminan 1,1 milliard AQSh dollari atrofida baholanmoqda.
Bu seriyadagi "Kirameki-3" yo‘ldoshi 2021 yilning bahorida uchiriladi. U Yaponiyaning o‘zida harbiy aloqani ta'minlaydi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 09:50
-
YeI AQShga avtomobillar va samolyotlarga bojlar bilan tahdid qilmoqda
Jahon | 09:32
-
2024 yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 09:10
-
Hindiston Pokiston chegarani o‘qqa tutayotganini ma’lum qildi
Jahon | 08:50
Mavzuga oid

18:09 / 04.05.2025
Yaponiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni keskin qisqarib ketdi

22:33 / 28.04.2025
Fuji tog‘iga chiqishga uringan xitoylik talaba to‘rt kun ichida ikki marta qutqarildi

00:43 / 25.04.2025
Yaponiyada salkam 30 yil avtobus boshqargan haydovchi 7 dollar o‘g‘irlagani uchun ishdan bo‘shatildi

20:48 / 22.04.2025