23 yanvar kuni poytaxtdagi "International Hotel Tashkent" mehmonxonasida "2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişlari böyiça harakatlar strategiyasi" loyihasining jamoatçilik muhokamasi dasturiga start berildi. Unda davlat hukumati organlari vakillari hamda jurnalistlar bilan birga bir qator xorijiy diplomatik korpuslar vakillari ham iştirok etişdi. Fransiyaning Özbekistondagi elçisi Violen de Vilmor mediahaftalik töğrisida öz fikrini bildirdi. 

"Biz mazkur mediahafta haqida yaqindagina xabar topdik, aholining Harakatlar strategiyasi loyihasi borasidagi fikrini biliş biz uçun juda qiziq. Brifinglarda mamlakatning kelgusidagi rivojlanişi böyiça qanday çoralar körilişi va qanday islohotlar kutilişiga doir izohlar berilmoqda. Bularning barçasi bizda ijobiy kayfiyat uyğotmoqda va umid bermoqda. Odamlarning işonçini oqlaş uçun qanday qarorlar qabul qilinişini kuzatiş juda qiziq. Uşbu mediahafta aholining bu loyihadan nimalar kutayotganini biliş imkonini beradi. Xalq bilan muloqot juda katta ahmiyatga ega. Ta'kidlaş joizki, bu yerdagi muhit juda ijobiy".