Xalq oğzaki ijodi – özbek adabiyotining bitmas-tuganmas çaşmasi. Bu çaşmaning tiriklik suvidan bahramand bölgan ne-ne baxşilar bir umr işq-muhabbat, sadoqat, vafo va qahramonlik dostonlarini kuylab ötdilar. Ne tongki, asrlardan asrlarga ötib kelayotgan bunday an'ana bugun ham yangiça körinişlarda davom etayotganini uşbu kitob ham dalillab turibdi.

Iste'dodli şoir Islom Hamro yaqinlaridan eşitgan rivoyatlarni töplab, kattagina doston bitdi. “Yangi kitob” naşriyoti tomonidan çop etilgan “Göröğlining ölimi” nomli kitobdan mazkur dostonning birinçi qismi örin oldi. Zero, uşbu asar öz tarixiga ega bölib, 1985 yilda yozilgan.

Muallif “Göröğlining ölimi” kitobining 1987 yili yozib tugatilgan ikkinçi qismi – “Özbekxon”ni ham naşr etişni közda tutgan.

Mas'ul muharrir: Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a'zosi Abduqayum Yöldoşev. Kitobdan, şuningdek, filologiya fanlari nomzodi, Yozuvçilar uyuşmasi a'zosi Muhammadali Qöşmoqovning “Göröğli çambili tobora obod” maqolasi ham örin olgan.