Jahon | 09:36 / 26.01.2017
18139
2 daqiqa o‘qiladi

Madlen Olbrayt Trampning siyosatiga norozilik sifatida musulmon bo‘lishga tayyor

AQShning sobiq davlat kotibi, demokrat Madlen Olbrayt prezident Donald Trampning immigratsiya siyosatiga norozilik sifatida Islom diniga kirishga tayyorligini bildirdi. U o‘zining Twitter mikroblogida shunday qaydni qoldirgan.

"Men katolik dinida tarbiyalandim, so‘ngra, Yepiskopal cherkoviga o‘tdim, alaloqibat, oilam yahudiylar bo‘lganini bildim. Men birdamlik nuqtai nazaridan Islomni qabul qilishga tayyorman. Xush kelibsiz, qochqinlar", - deb yozgan Olbrayt. U Amerika "har qanday din va irqdagi kishilar uchun erkin va ochiq bo‘lib qolishi kerak"ligini qo‘shimcha qilgan.

Donald Tramp 25 yanvar kuni immigratsiya siyosati va chegara nazoratini kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi farmonlarni imzolagan edi. Associated Press agentligi, o‘z navbatida, hujjatlarga asoslangan holda, Tramp 120 kunga AQShning qochqinlarni qabul qilish dasturini to‘xtatish niyatida ekani va kamida 30 kunga 7 musulmon mamlakati fuqarolariga viza berishga barham berishni rejalashtirgani haqida xabar qilgan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid