Bugun mahallalarda yoki köp qavatli uy binolaridagi folbinlarning eşigi oldida navbatda turgan kişilarni tez-tez uçratiş mumkin. Ularning xuddiki muşkulini oson qilişga şaylangan folbinlar ham afsuski köplab topiladi.
Göyoki odamlar oğirini yengil qilişga bel boğlagan qöştirnoq içidagi tadbirkorlarning asl maqsadi pul topişdir.
Bugun eng bozori çaqqon folbinga tuşadigan kunlik daromadni taxminan hisob-kitob qilib köramiz – 1 kunda 10 kişi kirişi uçun 21 ming sömdan. 10ni esa 21 mingga köpaytiramiz – 210 000 söm.
Beşta işlarni yuritadigan duolar – 300 AQŞ dollari. Beşni 300ga köpaytiramiz – 1500 AQŞ dollari. Beşta issiqlik duosi – 200 AQŞ dollari. Beşni 200ga köpaytiramiz – 1000 AQŞ dollari. Beşta sovuqlik duosi – 200 AQŞ dollari. Beşni yana 200ga köpaytiramiz – 1000 AQŞ dollari.
Daromadning jami körsatkiçlarini çiqarişni özingizga havola qildik. Biz esa folbin mijoziga aylangan kişilarning qança maşaqqatlar bilan topgan halol daromadi öz oilasiga emas, folbinning mavhum başoratlari-yu, duo jodulariga sarf bölayotganini eslatib qöymoqçimiz, xolos.
Quyida Toşkent şahridagi folbinlardan birining yaşirin kamera orqali foş qilinişi yozib olingan videolavhani e'tiboringizga havola etamiz.
















