Farğona pedagogika mahorat markazidagi xonalardan birida yaşirin kamera aniqlandi. U xonadagi şkaf ustida turgan, qöl mehnati bilan yasalgan kiçik uyça içiga örnatilgan bölgan.
Kamerani mahorat markaziga malaka oşirişga kelgan öqituvçilar topib olgan. Ular holatni video tasvirga olib, yaşirin kamera örnatilganidan norozi bölişgan hamda xonada ayrim ayol-qizlar usti-boşini ham almaştirganini aytişgan.
Holat Farğona viloyati IIB tomonidan örganib çiqilgan. Örganiş jarayonida uşbu xona ayollar xonasi emas, dars maşğulotlari ötkaziladigan auditoriya ekanligi, kamerani markaz öqituvçilaridan biri örnatib qöyganligi aniqlangan.
“Aynan öşa auditoriyaning kamerasi işlamay qolganligi sababli qöyilgan edi. U öquv xonasi bölgan. Bizning kafedraning 6 ta auditoriyasi bor. Markazimizda heç qanday yeçinib-kiyiniş xonasi ham, yotoqxona ham mavjud emas.
Bizning bitta xatoyimiz kamerani oçiq örnatmaganimiz. Men bu darajada şov-şuv bölib ketadi deb öylamagandim. Albatta, bu kamçiligimizni töğrilaşga harakat qilamiz. Afsusdaman, uzr sörayman. Maqsadim şu dars jarayoni haqida ma’lumotga ega böliş edi”, degan kamerani örnatib qöygan öqituvçi.
Holat yuzasidan markaz ham rasmiy munosabat bildirdi. Unda keltirilişiça, holat tegişli tartibda hududiy markaz mas’ullari tomonidan örganib çiqilgan.
“Joriy yilning 12 sentabr kuni hududiy markazga kelgan tinglovçilar 34-auditoriyada tarğibot vositasi sifatida qöyilgan öqituvçilar qöl mehnati bilan yaratilgan kiçik uyçani közdan keçirişayotganda uning içida kiçik kamera tasvirga olayotganining guvohi bölişgan. Voqelikdan markaz mutasaddilarini ogohlantirişgan.
Şu kuni ma’muriyat tomonidan mazkur kamera nima maqsadda qöyilgani mavhum bölgani uçun huquq-tartibot idoralariga holatga oydinlik kiritişga yordam berişlarini sörab murojaat qilingan”, deyiladi markaz rasmiy munosabatida.
Qayd etilişiça, hozirda mazkur holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning tegişli moddalariga asosan hujjatlar rasmiylaştirilgan. Qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanadi.
Bir yil oldin Qöqon davlat pedagogika institutida talabalar yotoqxonasida yaşirin kamera örnatilgani aniqlangan edi. Öşanda vaziyat sudgaça borib, oliygohning bir neçta mas’ullariga jarima jazosi qöllangandi

















