Qöqon pedagogika instituti prorektori işdan böşatildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi. 

Avvalroq, uşbu institutdagi qizlarning yotoqxonasiga yaşirin kamera örnatilgani ma’lum bölgan edi. 

Qayd qilinişiça, prorektor bilan birga «bevosita jarayonda iştirok etib, xizmat vazifasini suiiste’mol qilgan 4 nafar mas’ul xodim, jumladan, bir nafar mutaxassisga intizomiy jazo çorasi ham qöllangan». 

Xabarda ularning ismi şarifi keltirilmagan. 

«Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi inson şaxsiy hayotiga özboşimçalik bilan aralaşiş, şaxsiy ma’lumotlarni oçiqlaşga uriniş kabi xatti-harakatlarni qattiq qoralaydi, uşbu holatni talaba-qizlarning şa’ni va qadr-qimmatini kamsitiş deb baholaydi. Heç kim inson erki va şaxsiy hayotiga daxl qilişga haqqi yöq, deb hisoblaydi», deyiladi xabarda. 

Vazirlik xabariga köra, voqea iştirokçisi bölgan qizlarning tazyiqsiz ta’lim olişi kafolatlanadi. 

Ta’kidlanişiça, huquq-tartibot organlari tomonidan tekşiruv işlari davom etmoqda.

Avvalroq QDPI bergan bayonotda rektorning buyruği asosida talabalarning psixologik muammolari bilan işlaş uçun maxsus xona taşkil qilinayotgani, kamera şu munosabat bilan örnatilgani aytilgandi.