Qöqon davlat pedagogika instituti yotoqxonasida yaşovçi talaba qizlar xonasiga yaşirin kamera örnatilganini sezib qolişadi. Bu iş foş bölib, tarmoqlarda şov-şuv kötarilgaç prorektor işdan ketdi. Ammo bu iş nima maqsadda qilingani va nima sababdan xonada yaşovçi qizlardan yaşirilgani mavhumligiça qolmoqda. Kun.uz muxbiri institutda bölib, voqea tafsilotlarini örgandi.

Ma’lum bölişiça, Kun.uz’da e’lon qilingan maqoladan keyin Qöqon şahar hokimi Ma’rufjon Usmonov hamda mas’ul idora xodimlari talabalar bilan suhbat ötkazişib, holat sinçkovlik bilan örganilişiga va’da berilgan.

Foto: Kun.uz

Qizlar yotoqxonasiga yaşirin kamera örnatiş kimga va nima uçun kerak bölib qoldi? QDPI bergan bayonotda rektorning buyruği asosida talabalarning psixologik muammolari bilan işlaş uçun maxsus xona taşkil qilinayotgani va şu munosabat bilan kamera örnatilgani ma’lum qilindi.

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

Talaba qizlarning fikriça, bu bayonot şov-şuvli maqola ortidan muşkul vaziyatdan çiqib ketiş uçun institut ma’muriyati tomonidan tezkorlik bilan öylab topilgan “çoradan” boşqa narsa emas.

Xonasiga yaşirin kamera örnatilgan talabaning ta’kidlaşiça, mas’ullarning harakati boşidanoq şubha uyğotgan. Kamera örnatiliş jarayonida talaba qizlar xonadan taşqariga çiqib turişlari söralgan. Örnatilgan uskuna yaşirin kamera ekani foş bölgaç yotoqxonaning 1-qavatidagi prorektor Oybek Bozorov xonasidagi barça jihoz va kerakli ma’lumotlar şubhali tarzda noma’lum tomonga tezkorlik bilan olib çiqib ketilgan.