24 yanvar kuni xalq deputatlari Buxoro şahar Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Unda viloyat hokimi O‘. Barnoyev sözga çiqdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ta'kidlanişiça, mamlakatimiz Prezidenti tomonidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, odamlarga munosib turmuş şaroitlarini yaratiş, ular bilan yaqindan muloqot qiliş va muammolarini hal etişga qaratilgan dolzarb vazifalar ilgari surilmoqda. 

"Afsuski, şaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş sohasida jiddiy kamçiliklarga yöl qöyilmoqda. Uy-joy qurilişi va sifati talab darajasida emas. Kommunal tölovlar böyiça qarzdorlik bartaraf etilmayotir. Şaharni obodonlaştiriş işlari ayançli ahvolda. Odamlarni taşvişlantirayotgan muammolarni hal etişga mas'uliyatsizlik bilan qaralayotgani sababli, yuqori taşkilotlarga qilinayotgan murojaatlar köpaymoqda. Bu esa şahar rahbariyatining taşkilotçiligi yetişmasligi, masalaga yangiça yondaşmayotganini körsatadi", - degan viloyat hokimi. 

Sessiyada taşkiliy masala körilgan. Şahar hokimi Valijon Örinov öz arizasiga binoan vazifasidan ozod qilingan. Kogon şahar hokimi bölib işlayotgan Ixtiyor Farmonov Buxoro şahar hokimi etib tayinlandi.