Ma'lumki köhna diyorimiz dunyo sivilizatsiyasining beşiklaridan biri sifatida jahonda dong taratgan. Yurtimizda bunyod etilgan ilm-fan va ma'rifat maskanlarida ne-ne buyuk mutafakkir va allomalar olamşumul kaşfiyotlar qilişgan. 

Xiva şahridagi 1000 yildan ziyod boy tarixga ega Xorazm Ma'mun akademiyasi ana şunday ilm dargohlaridan biridir. U 1997 yil Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov taşabbusi bilan qayta taşkil etilgan. 

Bugungi kunda Xorazm Ma'mun akademiyasida qadimiy davlatçilik tarixi, betakror sivilizatsiya va madaniyatni örganiş, me'moriy yodgorliklarni biologik, fizik va boşqa turli salbiy ta'sirlardan muhofaza qiliş, ekologik holat böyiça muntazam ilmiy kuzatişlar olib boriş, uni yaxşilaşga qaratilgan tavsiya va işlanmalar yaratiş, yer, suv resurslaridan oqilona foydalaniş, tuproq unumdorligini oşiriş, qişloq xöjaligi ösimliklarini iqlimlaştiriş böyiça ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. 

Ötgan davr mobaynida mazkur ilm dargohida köp işlar amalga oşirildi, lekin bugungi kunning ötkir talablari akademiya faoliyatini takomillaştiriş, ilmiy kadrlar salohiyatini oşiriş, izlanişlarning mavzu doirasi va samaradorligini, ilmiy işlanmalarni işlab çiqarişga tadbiq etişni yanada kuçaytirişni taqozo etmoqda. 

Şavkat Mirziyoyev Xorazmga taşrifi davomida Ma'mun akademiyasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, şu jumladan ilmiy labaratoriyalarni zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta'minlaş, mazkur ilm dargohi uçun yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlaş, yurtimizdagi akademik va professor, yetakçi olimlarni bu yerga jalb etiiş uçun şart-şaroit yaratiş kabi masalalarga alohida e'tibor qaratdi. 

"Bu akademiyada millatimiz tarixini qança taşviqot qilsak, arziydi. Bunday tarix dunyoda yöq. Madaniyatimiz, haqiqiy ilmiy salohiyatimizni elga, dunyoga tarannum qila olmayapmiz. Ma'mun akademiyasi kadrlar tayyorlaş böyiça maskan bölişi kerak. Içan qal'aga kegan odam bu yerga kelişi şart. Xorazmga kelgan sayyoh tariximizni bilib ketişi kerak. 

Melioratsiyani olaylik, Xorazm dehqonçiligidagi suğoriş usuliga yevropaliklar qoyil qolgan. Bu akademiyaga katta kuç, qudrat beriş lozim - dunyo tan olişi kerak. Koreya, Yaponiya, Amerika yoki Yevropa davlatlarining katta akdemiklari kelsin, bu yerdagilar u yerga borsin. 2-3 yillik dastur tuzinglar. Muhtaram Islom Abduğaniyeviç bekorga bizga bunday tarix taşlab ketganlari yöq. Barça universitetlar domlalari grafik böyiça bu yerga kelib, bir haftadan öqib ketsin", - dedi davlatimiz rahbari.