London tarixida birinchi musulmon mer Sodiq Xon AQSh prezidenti Donald Trampning bir qator musulmon davlatlari fuqarolariga AQShga kirishni taqiqlash haqidagi farmonini "isnodli va shafqatsiz" deb atadi.
Xon AQSh tarixan qochqinlarni qabul qilib, o‘zida joylashtirishi bilan sharaf qozongani va prezident "bu global muammodan shunchaki yuz o‘gira olmasligini" aytgan.
"Har bir davlat o‘z immigratsiya siyosatini o‘zi o‘rnatishga haqli bo‘lsada, bu siyosat AQSh asoslangan erkinlik va bag‘rikenglik qadriyatlariga ziddir", deb ta'kidlab o‘tdi London meri.
Xon Trampning siyosatiga norozilik bildirgan Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning pozitsiyasini qutladi. Xonning aytishicha, kiritilgan taqiqlovlar taqiqlov ostiga tushgan davlatlarda tug‘ilgan ikkita fuqaroligi bor ko‘plab britaniyaliklar, jumladan londonliklarga salbiy ta'sir qiladi.











