Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda mast haydovchi bir guruh piyodalarni urib ketdi
AQShning Kentukki shtatida yuk mashinasi haydovchisi mast holatda avtomobil turargohida bir guruh piyodalarni urib ketdi. Oqibatda 2 kishi halok bo‘ldi, 7 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda "Assoshieyted Press" axborot agentligi.
Voqea 30 yanvarga o‘tar kechasi Luisvill shahrida yuz bergan. Politsiya vakili Alisha Smaylining aytishicha, 37 yoshli Chad Erdli avtoturargohga kirib, parkorvka qilingan avtomobilni turtib, harakatlanishda davom etgan. Politsiyachining aytishicha, ikki kishi voqea joyida halok bo‘lgan deb e'lon qilingan, 7 kishi shifoxonaga olib ketilgan. Ularning hayotlari xavf ostida emas.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, haydovchi aljiragan, undan spirtli ichimlik hidi kelgan, u qo‘lga olingandan keyin bir necha marta uxlab qolgan. Hukumat unga bir necha bandlar, jumladan qotillik bo‘yicha ayblov e'lon qildi.
Mavzuga oid
11:06
AQSh–Eron o‘rtasidagi keskinlik sabab neft narxlari oshyapti
21:42 / 11.02.2026
AQSh Venesuelaga Rossiya bilan har qanday neft bitimlarini rasman taqiqladi
21:22 / 11.02.2026
NATO «Arktika qo‘riqchisi» missiyasi boshlanganini e’lon qildi
20:10 / 11.02.2026