10:40 / 31.01.2017
6390

Gvardiola kelgach «Siti» natijalarida hech qanday o‘zgarish bo‘lmagan

APLning 22-turidan so‘ng Xosep Gvardiolaning «Manchester Siti»si o‘tgan mavsumda Manuel Pellegrini yiqqan ochkolar bilan teng miqdorda ochko to‘pladi.

O‘tgan mavsumda ham jamoa shu muddatda 43 ochko to‘plagandi. Hozirda ham jamoada shuncha miqdorda ochko mavjud.

«Manchester Siti» joriy mavsumda o‘tgan mavsumdagi kabi 43ta gol urgan, faqat ko‘proq gol o‘tkazib yubordi. O‘tgan mavsumda o‘tkazib yuborilgan gollar soni 21ta bo‘lgan, bu yil esa 28ta.

Top