Avstriyaning yuzlab fuqarolari Ginnessning rekordlar kitobiga kiriş maqsadida çanada toğdan bir qator bölib tuşişdi, deb yozmoqda UPI.

Mamlakatning Bramberg şahrida joylaşgan Vildkogel-arena toğ dam oliş maskanida 508 kişi töplanişdi. Ular çanalarini özaro zanjirlar bilan boğlaşgan. Uning uzunligi 750 metrni taşkil etgan. Söngra çanada uçiş sporti böyiça jahon çempioni Lea Geiger ortidan pastga şönğişgan.

Bramberg sayyohlik markazi va Vildkogel toğ temir yölining 20 nafar xodimi bir neça oy mobaynida uşbu voqeaga tayyorgarlik körişgan. 

Ginness rekordlar kitobi vakillari 508 çanadan iborat qatorni dunyodagi şu kabi eng uzun tuşiş deb tan olişdi. 


Avstriya, Ginness rekordi