Daily Mail gazetasi egasi Jonatan Xarmsvort (lord Rotermir) naşr boş muharriri Pol Deykrga, Devid Kemeron uni “breksit” böyiça referendum vaqtida işdan böşatişni taklif qilgani haqida aytgan, deb xabar berdi Bi-bi-si.
Daily Mail referendumdan avval öz öquvçilarini Britaniyani YeIdan çiqişga faol ravişda çaqirgandi.
Bi-bi-si ma'lumotiga köra, öşa paytdagi boş vazir Kemeron Deykrdan öz qarorgohidagi uçraşuv vaqtida “vaziyatni biroz yumşatiş” haqida şaxsan söragan. Suhbat 2 fevral kuni bölib ötgan, deb xabar topdi Bi-bi-si’ning Newsnight dasturi. Bu Yevropa kengaşi raisi Donald Tusk Kemeron bilan Britaniyaning YeIdagi a'zoligi alohida şartlari böyiça kelişuvi batafsil ma'lumotlarini oşkor etgan kuni röy bergan.
Deykr 25 yil davomida yevroskeptik bölgani hamda “breksit” böyiça öz pozitsiyasini özgartirmasligini aytgan. Boş muharrir, uning fikriça, Daily Mail öquvçilari ham Britaniyaning YeIdan çiqişini qöllab-quvvatlayotganliklarini qöşimça qilgan.
Mart oyi boşida esa parlamentdagi manba Deykrga boş vazir “breksitga” qarşi bölgan Xarmsvortni boş muharrirni işdan böşatiş lozimligiga işontirmoqçi bölganini xabar qilgan. Gazeta egasi referendumdan söng boş muharrirga Kemeron unga nisbatan bosim ötkazişga harakat qilganini aytdi.
Ba'zi bir tahlilçilarning fikriça, Daily Mail’ning “breksit”ni qöllab-quvvatlaş borasidagi kampaniyasi 23 iyun kungi referendum natijalariga katta ta'sir körsatdi.
Xarmsvort vakili esa Kemeron Deykrni işdan böşatişga uringani borasidagi ma'lumotni tasdiqlagani ham, rad etgani ham yöq.
Lord Rotermirga köplab boş vazirlar u yoki bu muharrirni işdan böşatiş borasida bosim ötkazişga harakat qilişgan, biroq lord Rotermir ularning muharrirlik siyosatiga aralaşmaydi, deya ma'lum qildi Xarmsvort vakili.
Pol Deykr esa bu borada izoh berişdan boş tortdi.
Öz navbatida, sobiq boş vazir vakili Devid Kemeron Daily Mail boş muharriri kim bölişini şaxsan hal qilişi haqidagi fikrga ega bölmaganini ma'lum qildi
Matbuot kotibining eslatişiça, Kemeron Britaniyaning YeIdan çiqişini faol ravişda qöllab-quvvatlagan gazeta pozitsiyasiga oşkora qarşi çiqqan. U öz qaraşlarini Pol Deykr va lord Rotermirga şaxsan bildirgan, deb qöşimça qildi sobiq boş vazir vakili.

















