Tailand Savdo vazirligi rahbari örinbosari 60 yoşli Supxat Sakvandikul Kioto mehmonxonasi (Yaponiya) kameralari uning qimmatbaho san'at asarini öğirlaganini qayd etganidan keyin iste'foga çiqiş uçun ariza topşirdi. Iste'foga çiqqan amaldor öğirlikni sarhuş holatda sodir etganini tan oldi. The Star şu haqida xabar berdi.
Yaponiyadagi mehmonxona xodimlari taxminiy qiymati 125 dollarga baholangan rasmning yöqolgani haqida 2017 yilning yanvarida ma'lum qilgan edi. Politsiya kuzatuv kameralarini tekşirdi va Sakvandikulning jinoyat sodir etganini aniqladi. U Yaponiyaga Tailand hukumati topşiriği bilan borgandi. Amaldor qölga olindi va öğirlikda ayblandi. U öz aybiga iqror böldi va yetkazilgan zarar uçun mehmonxonaga kompensatsiya töladi.
"Yaponiyadagi işlarimni tugallaganidan keyin universitetdagi döstlarim bilan uçraşdim. Biz sarhuş holatda edik, men özim anglamagan holatda nomaqbul harakatni amalga oşirdim. Bundan juda puşaymonman", - dedi Supxat Sakvandikul.
Savdo vazirligi vakillari sud işi davomida Sakvandikulni idoradagi boşqa lavozimga ötkazişlari haqida ma'lum qilişdi. Bunday bayonot mamlakat aholisi orasida katta muhokamaga sabab böldi - ular hukumatni aybdor amaldorlarni işdan böşatmaslikda ayblaşdi.

















