11:26 / 02.02.2017
7745

TIMI talabalari va deputatlar “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazishdi

Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni mazmun mohiyatini talaba yoshlar orasida targ‘ibot-tashviqot qilish va tushuntirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O`zLiDeP fraksiyasi a'zosi D.Fayziyeva, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O`zLiDeP fraksiyasi a'zosi E.Shukurov va institut talabalar qatnashdi.

Tadbir O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Bugun biz xalqimizni ishontirib, baland ovoz bilan aytishimiz zarurki, buyuk ustozimizning siyosiy merosi, ya'ni u kishi belgilab bergan taraqqiyotimizning asosiy tamoyillari, ustuvor yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari so‘zsiz va to‘liq amalga oshirish biz uchun ham qarz, ham farzdir” so‘zlari bilan boshlandi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yurtimizda bugungi kunda amalga oshirilayotgan ijtimoiy–iqtisodiy islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish borasidagi tashabbuslari mazmun mohiyati qatnashchilarga chuqur tushuntirildi. Shu bilan birgalikda, 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi loyihasining jamoatchilik, shu jumladan, ommaviy axborot vositalaridagi qizg‘in muhokamasi hamda Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish sohasining mazmun–mohiyati to‘g‘risida so‘z yuritishdi.

Davra suhbati qatnashchilari O‘zbekistonda barkamol avlodni voyaga yetkazish sohasida ro‘yobga chiqarilayotgan chora–tadbirlar o‘z natijalarini berayotgan, bu borada qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish ishlari izchil davom etayotganini ta'kidlab o‘tishdi.

Top