OLX e'lonlar servisi tahlilçilari 2016 yil statistikasini örganib, "bozori çaqqon"  avtomobil markalari, modellari va narx rekordlarini aniqlaşdi.

Özbekistonliklar orasida ommaboplik böyiça Chevrolet markasi şubhasiz yetakçi bölib qolmoqda. Özbekiston va Qozoğistonda yiğiluvçi bu markadagi avtomobillarga internetda xarid qilingan avtomobillarning 56 foizi töğri keladi. 

VAZ avtomobillariga talab Çevrolet’nikidan deyarli uç barobar kamroq bölgan hamda unga OLX’da amalga oşirilgan barça kelişuvlarning 16,5 foizi töğri kelgan. OLX’da "Jiguli" 2 milliondan boşlab taklif qilingan. 3-örin esa Daewoo markasiga nasib qilgan. Janubiy Koreya brendi hissasiga portalda amalga oşirilgan har öninçi kelişuv töğri kelgan.

Yuqori beştalikdan şuningdek bir-biriga umuman öxşamaydigan markalar ham örin oldi, bular – Germaniyaning Mercedes’i va Rossiyaning GAZi. Bu markalar deyarli bir xil körsatkiç namoyon qilganlar: ular hissasiga 2016 yilda amalga oşirilgan kelişuvlarning 2 foizi töğri kelgan.

Kuçli öntalikni hissasiga 0,7 foizdan 2 foizgaça kelişuvlar töğri kelgan markalar yakunlagan: 5-örin – BMW, 6-örin – "Moskviç"ga nasib qilgan, undan keyingi örinlarni Hyundai, Nissan va Toyota, ZAZ egallagan.

Quyida uşbu röyxat keltirilgan.

Özbekistonda 2016 yilda eng xaridorgir avtomobil markalari yetakçi öntaligi

1. Chevrolet
2. VAZ
3. Daewoo
4. Mercedes
5. GAZ
6. BMW
7. Moskviç
8. Hyundai
9. Toyota, Nissan
10. ZAZ

Eng ommabop modellar reytingi quyidagiça köriniş oldi.

Reytingda Spark yetakçilik qilmoqda (barça kelişuvlarning 16,6 foizi), undan keyin Lacetti (12,9) kelmoqda. Keyingi örinlarni Chevrolet Nexia (10,1 foiz),  Matiz (9,6 foiz), Cobalt (7,4 foiz), Daewoo Matiz (4,4 foiz), Chevrolet Captiva va Daewoo Nexia (3,9 foiz) egallagan. VAZ 2106 hissasiga barça kelişuvlarning 3 foizi töğri kelgan, qolgan modellar hisobiga esa 40 foiz kelişuvlar töğri kelgan.

2016 yilda Özbekistonda eng ommabop bölgan avtomobil modellari röyxati