Xalqaro Mehnat Tashkilotining (XMT) aytishiga qaraganda O‘zbekiston hukumati paxta sanoatida majburiy mehnatdan foydalanish xavfini bartaraf qilish bo‘yicha islohotlarida ijobiy o‘zgarishlarga erishmoqda. O‘zining 2016 yil paxta terimi mavsumini mustaqil monitoringidan keyin bugun chop etilgan hisobotida, XMT bugungi kunda uyushtirilgan bolalar mehnatidan foydalanish ijtimoiy jihatdan noma'qul holat va bu amaliyot bosqichma-bosqich tugatildi, degan xulosaga keldi.
“Bolalar mehnatidan foydalanishning noma'qulligini jamiyatning barcha qatlamlari: hukumat, o‘qituvchilar, mutaxassislar, fermerlar, ota-onalar va bolalarning o‘zlari e'tirof etmoqda. O‘zbekiston uyushtirilgan bolalar mehnatidan foydalanishni bosqichma-bosqich bartaraf qildi.” XMT Hisoboti
XMT hisobotida ta'kidlanishicha, O‘zbekiston yillik keng ko‘lamli paxta yig‘im-terimi muhitiga ta'sir ko‘rsatayotgan majburiy mehnatdan foydalanish xavfini kamaytirish uchun chora-tadbirlar rejalarini tadbiq yetishda davom etmoqda. Hisobot 2016 yil sentabr-oktabr yig‘im-terim mavsumida o‘z ichiga 800 dan ziyod banner, 44 ming reklama afisha, 100 ming broshyura, televideniye, radio va matn xabarlarni olgan mamlakat miqyosidagi kommunikatsiya kampaniyasi tufayli jamoatchilikning ta'qiqlangan mehnat amaliyotlaridan xabardorligi yanada oshganligiga ham e'tibor qaratadi.
“Mehnat amaliyotlarini takomillashtirish hamda qishloq xo‘jaligini isloh qilish va zamonaviylashtirish uzoq muddatli jarayon hisoblanadi va biz O‘zbekistonga qishloq xo‘jalagini odamlarga sifatli ish o‘rinlari taklif qiladigan yuqori daromadli va muhim o‘sish manbaiga aylantirishda yordam berishga sodiqligimizcha qolamiz,” dedi Lilia Burunciuc, Jahon Bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori.
O‘zbekistondagi Jahon Banki tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalar mehnat amaliyotlarini yaxshilash, mexanizatsiyalashtirishni kuchaytirish va kam mehnat talab qiladigan va ko‘proq daromad beradigan ekin turlarini yetishtirib qishloq xo‘jaligini diversifikatsiyalashtirish orqali mamlakatga paxta yetishtirishdan boshqa sohalarga o‘tish va majburiy mehnatdan foydalanish xavfini kamaytirishda ko‘maklashishga qaratilgan.
XMT hukumatning O‘zbekistonda bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanishni bartaraf qilish bo‘yicha majburiyatlari va chora-tadbirlarinining tadbiq etilishini monitoring qildi va














