Özbekiston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari davlat korxonasi nazoratçisidan u yölga qöygan qoidabuzarliklarni yaşiriş uçun pul talab qilgan mansabdor şaxsni qölga olişdi, deb ma'lum qildi huquq-tartibot muassasalari vakili.
"Özbekiston poçtasi" aksiyadorlik jamiyati "Toşkent" filialining Keles poçta aloqa uzeli boşliği Boburbek Hakim Erkinzoda "Zangiota tuman gaz ta'minoti" korxonasi nazoratçisidan 3,5 ming dollar olayotganda öz xonasida jinoyat ustida uşlandi.
"Tovlamaçi nazoratçiga u kommunal tölovlar sifatida aholidan yiğgan pullarni topşirmaganlik uçun prokuraturaga xabarnoma yuboriş bilan tahdid qilgan", deb ma'lum qilindi xabarda.
Söroq vaqtida aniqlanişiça, avvalroq B.Hakim prokuraturaga murojaat qiliş tahdidi bilan garov sifatida nazoratçiga tegişli "Spark" maşinasi hujjatlarini egallab olgan. Aniqlangan holat böyiça tergov olib borilmoqda, poçta aloqa uzeli moliya-xöjalik faoliyati tekşirilmoqda. Şundan keyin amaldorning harakatlariga huquqiy baho beriladi.

















