Kolumbiyada 30 ta qotillikda gumon qilingan o‘smir qo‘lga olindi

Foto: Twitter/PoliciaCali
Kolumbiya huquq-tartibot muassasalari tomonidan Kali shahrida kamida 30 ta qotillikni sodir etishda gumon qilinib 17 yoshli o‘smir qo‘lga olindi.
"Bolakay Bob laqabli o‘smir 30 ga yaqin qotillik, jumladan kuzatuv kameralariga tushgan shaharning janubidagi savdo markazidagi ikkita qotillikni sodir etgan", deb Kali politsiyasi qo‘mondoni Ugo Kasasning so‘zlarini keltirib o‘tdi Blu radiosi.
O‘smir qotilliklarni bir necha yil davomida sodir etib kelgan. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, u dastlab Kali jinoiy to‘dalaridan birining a'zosi bo‘lgan, so‘ngra o‘zining guruhini tashkil qilgan. U o‘z qabihliklarini 12 yoshidan boshlab sodir eta boshlagan.
Sodir etilgan jinoyatlarning og‘irligiga qaramasdan, qotil umrbod qamoq jazosi o‘rniga minimal ko‘rinishdagi jazo bilan qutulib qolishi mumkin. Chunki Kolumbiya qonunlariga ko‘ra, balog‘atga yetmagan jinoyatchilar uchun ko‘zda tutilgan maksimal jazo 8 yillik qamoq jazosidan iborat.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Mavzuga oid

19:54 / 08.05.2025
AQShda salkam 50 yil oldin sodir etilgan qotillik tamaki qutisidagi barmoq izlari orqali fosh qilindi

00:35 / 07.05.2025
Kolumbiyada 6 ta maymunni bojxonadan ishtonlariga yashirib olib o‘tishga uringan shaxslar ushlandi

16:15 / 06.05.2025
Surxondaryoda ruhiy xasta ayol 3 yoshli qizni pichoqladi

22:36 / 24.04.2025