Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 3 fevral kuni Toşkent şahrining Olmazor va Beşyoğoç köçalari kesişuvidagi hududda barpo etilayotgan köp tarmoqli sport kompleksi qurilişini közdan keçirdi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.

Şavkat Mirziyoyevning taşabbusi asosida qurilayotgan «Humo» sport kompleksi dizaynida zamonaviy quriliş yeçimlari va ilğor texnologiyalar milliy madaniyat elementlari bilan uyğunlaşib ketgan. Kompleksning binolari kökda parvoz etayotgan baxt va hurlik ramzi — Humo quşi şaklida barpo etiladi.

Inşoot ikki majmuadan iborat bölib, undan 60x30 metr ölçamdagi asosiy va maşq muz arenalari joy oladi. Umumiy maydoni 74 ming kvadrat metrni taşkil etadigan inşoot tört qavatdan iborat böladi.

Mobil örindiqlarga ega bölgan saroy sport musobaqalari ötkaziş zali sifatida 14 ming, konsert zali sifatida 10 ming tomoşabinga möljallangan. Asosiy binoda 300 örinli maşq arenasi ham loyihalaştirilgan.

Arenada xokkey matçlari, şort-trek, figurali uçiş, kyorling böyiça musobaqalar bilan bir qatorda basketbol, voleybol, gandbol, futzal, boks, taekvondo va boşqa sport turlari böyiça ham bellaşuvlarni ötkaziş imkoniyati yaratiladi.

Bundan taşqari majmua umumxalq bayramlari, konsertlar, körgazma va forumlar taşkil etiş uçun barça şaroitga ega böladi.

Majmua hududida umumiy boş reja konsepsiyasiga asosan sport muzeyi, bolalar uçun yopiq maydon, trenajyer zallar, fitnes markazi, zamonaviy ovqatlaniş şoxobçalari, sport anjomlari dökoni va boşqa xizmat körsatiş obektlari joylaştiriladi.

Majmuaning muhandislik tarmoqlari, yonğin öçiriş tizimi, yoritiş, ventilyatsiya, issiqlik manbai, konditsionerlaş tizimlari töliq avtomatlaşgan bölib, tejamkor texnologiyalar qöllangan holda loyihalangan.

Bundan taşqari bino yonida avtomobillar uçun möljallangan tört qavatli avtoturargoh qurilişi rejalaştirilgan. Obektni 2018 yilda işga tuşiriş möljallanmoqda.

«Şavkat Mirziyoyev bunday zamonaviy sport inşootlarining barkamol avlod tarbiyasidagi ahamiyatiga alohida e'tibor qaratdi, mutasaddi rahbarlarga quriliş jarayonini yuqori sifatda amalga oşiriş böyiça zarur körsatmalar berdi», — deyiladi xabarda.