Jahon hafta ichida: Tramp va muhojirlar, Donbassdagi keskin vaziyat, Markaziy Osiyo dunyo nigohida va boshqa xabarlar
O‘tgan hafta mobaynida xalqaro hayotda muhim voqealar sodir bo‘ldi. Ana shu xabarlarning eng muhim va qiziqarlilari haftalik dayjestda.
Tramp va muhojirlar
Tramp “Mamlakatni xorijiy terrorchilar kirib kelishidan himoya qilish to‘g‘risida”gi farmoni bilan mamlakatga 90 kun davomida Eron, Iroq, Yaman, Liviya, Suriya, Somali va Sudan fuqarolari kirib kelishini taqiqlab qo‘ydi. Hujjat shuningdek, barcha qochqinlarni qabul qilishni 120 kunga to‘xtatib turish hamda Suriyadan bo‘lgan qochqinlarni qabul qilishni noma'lum muddatga qoldirishni ham nazarda tutadi. Mazkur farmonga nisbatan dunyo bo‘ylab turli munosabatlar vujudga keldi.
Jumladan, Saudiya Arabistoni qiroli Trampning Suriyadagi xavfsiz hududlar haqidagi g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi. O‘z navbatida, Avstraliya ham Trampning muhojirlik siyosatini qo‘llab-quvvatlashi haqida ma'lum qildi.
Ammo bu farmonga qarshilar ham topildi. Masalan, amerikaliklarning yarmidan ko‘pi Tramp siyosatiga qarshi ekanini ma'lum qilgan bo‘lsa, ular safiga Hollivud yulduzlari ham qo‘shildi.
Trampning o‘zi bu munosabatlarga befarq qaramadi, albatta. U o‘z farmoni musulmonlarga taqiq emasligini aytish bilan birga immigratsiya cheklovlarining bekor qilinishi shartlarini ham ma'lum qildi.
Halabga futbol qaytdi
Suriya hukumat kuchlari tomonidan 2016 yilning dekabrida egallangan Halab shahrida o‘tkazilgan keyingi 5 yildagi bu ilk o‘yin «Al-Ittihod» va «Al-Hurriya» jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi. Foto va video.
Dubay hukmdori sayyohlarni hayratga soldi
Dubay hukmdori o‘z jamoasi bilan shoshilmasdan restoranlar oldidan o‘tib, Jumeirah Al Qasr mehmonxonasi tomon yo‘l oldi. Restoranlarga tashrif buyurgan mehmonlar va sayyohlar bundan yoqimli hayratga tushishdi, albatta.
Kanada. Islom madaniy markazi masjidiga uyushtirilgan hujum
30 yanvarga o‘tar kechasi Kanadaning Kvebek shahridagi islom madaniy markazi masjidiga uyushtirilgan hujum natijasida kamida olti kishi halok bo‘ldi, sakkiz kishi yaralandi. Reuters ma'lumotiga ko‘ra esa, hujum qiluvchilar soni 3 kishi edi. Bu haqida batafsil ma'lumot.
Donbass mojarosi
Ukrainalik harbiylar Donetsk xalq respublikasi vakillarini hukumat qo‘shinlari pozitsiyalariga yangi hujumni uyushtirish hamda mintaqada 2014 yildan buyon davom etayotgan mojaroni avj oldirishda ayblashdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, hujumdan avval mahalliy vaqt bilan ertalabki soat 7da Avdeyevka tumanida zambarak orqali o‘t ochilgan. Shu sabab Poroshenko Ukraina sharqidagi vaziyat tufayli Germaniyaga safarini qisqartirdi. O‘z navbatida, Ukraina Donbassdagi vaziyat keskinlashuvida Rossiyani aybladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa Donbassdagi vaziyat keskinlashuvining uchta sababini aytib o‘tdi.
Tramp va Shvartsenneger hangomasi
Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori, Hollivud aktyori Arnold Shvartsenegger AQShning yangi prezidenti Donald Trampning muhojirlarga qarshi siyosatini tanqid ostiga oldi. Aktyor shu bilan birga, Trampdan AQSh prezidenti lavozimini berishni so‘radi. Tramp ham Arnoldga javob qaytardi. U Shvartseneggerni Kaliforniya gubernatori lavozimidagi ishi tufayli kulgiga oldi. Bundan tashqari, Shvartseneggerni gubernatorlikdagi muvaffaqiyatsizligini tanqid qildi.
Markaziy Osiyo xorijiy ekspertlar nigohida
Bugungi kunda qator xorijiy matubot nashrlarida Markaziy Osiyo, mintaqada olib borilayotgan tashqi va ichki siyosat, jamiyatda ro‘y berayotgan hodisalar haqida ko‘plab maqolalar chop etilmoqda.
Va boshqalar...
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va uning turmush o‘rtog‘i Amina Erdo‘g‘an surati keng tarqalgan suriyalik qizning oilasini qabul qilishdi. Suratda qiz Bashar Asad rejimi bombardimoni natijasida oyoqlari va ko‘rish qobiliyatidan mahrum bo‘lgan otasini quchib tushgan. Qizcha "Mening ko‘zlarimni otamga bering. U meni ko‘rib quvonsin!", degan gaplari sabab mashhur bo‘lib ketgan edi.
Rossiya tomonidan ishlab chiqilgan Suriya konstitutsiyasi loyihasi e'lon qilindi.
Germaniyaning Mercedes-Benz kompaniyasi E sinfidagi universalning «kuchaytirilgan» AMG-toifasini namoyish qildi. Uning top S-varianti 612 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlanadi.
Reks Tillerson Oq uyning Oval xonasida qasamyod keltirdi va AQSh davlat kotibi lavozimini bajarishga kirishdi. AQShning yangi davlat kotibidan qasamyodni vitse-prezident Maykl Pens qabul qilib olgan. Marosimda shuningdek AQSh prezidenti Donald Tramp ham ishtirok etgan.
Mavzuga oid
21:10 / 17.11.2019
Moralesning qochishi, «Lukoyl»dagi mojaro, jurnalistlarga tahdid va haftaning boshqa xabarlari
18:10 / 20.10.2019
Toshkentda non narxi oshishi, mudom notinch Yaqin Sharq, Yevropada «supershanba» va haftaning boshqa xabarlari
18:20 / 16.09.2018
Lukashenkoning tashrifi, qimmatlagan non, ishlamayotgan UzCard, poraxo‘r hokimlarning ushlanishi va haftaning boshqa xabarlari
00:16 / 21.08.2017