Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko mamlakat şarqidagi Avdeyevka aholi punktidagi vaziyat jiddiylaşgani munosabati bilan Germaniyaga safarini muddatidan avval yakunladi. U Ukraina hukumatining faoliyatini muvofiqlaştiriş va gumanitar fojiaga yöl qöymaslik uçun mamlakatga qaytgan. Bu haqda Ukraina prezidenti ma'muriyati rahbari örinbosari Konstantin Yeliseyev "5 kanal" telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilgan.
Avvalroq, DXR vakili Donbassda vaziyat keskinlaşganini aytgan, 10dan ortiq ukrain harbiy xizmatçisi öldirilgani va 15 dan ortiği yaralanganini ma'lum qilgan edi. Ular DXR pozitsiyalariga hujum qilgani ta'kidlangan. Ular DXR pozitsiyalariga hujum qilgan. Bundan taşqari, Makeyevka şahri öqqa tutilgani bois, 1 kişi ölgan, uç kişi yaralangan. Ukraina tomoni esa, qarşi tomon Avdeyevka tumaniga hujum uyuştirganini ta'kidlamoqda. Buning natijasida, Donetsk, Avdeyevka va boşqa yirik aholi punktlarini içimlik suvi bilan ta'minlaydigan Donetsk filtrlaş stansiyasi toksiz qolgani aytiladi.

















