Avstraliya taşqi işlar vaziri Juli Bişop AQŞ prezidenti Donald Trampning muhojirlik siyosatini qöllab-quvvatlaşi haqida ma'lum qildi. U bu haqda Los-Anjyelesga uyuştirgan amaliy taşrifi davomida aytib ötgan, deb xabar berdi The Sydney Morning Herald.

Eslatib ötamiz, Tramp “Mamlakatni xorijiy terrorçilar kirib kelişidan himoya qiliş töğrisida”gi farmoni bilan mamlakatga 90 kun davomida Eron, Iroq, Yaman, Liviya, Suriya, Somali va Sudan fuqarolari kirib kelişini taqiqlab qöydi. Hujjat şuningdek barça qoçqinlarni qabul qilişni 120 kunga töxtatib turiş hamda Suriyadan bölgan qoçqinlarni qabul qilişni noma'lum muddatga qoldirişni ham nazarda tutadi.

— Işonçim komilki, ikki mamlakat hukumati qattiq muhojirlik siyosati va çegaralarni himoya qiliş böyiça bir-biriga kömak berişda davom etadi, - deya ma'lum qildi Avstraliya TIV rahbari.

Bişopning ta'kidlaşiça, mamlakat hukumati AQŞ ma'muriyati va rasmiy şaxslari bilan “avstraliyaliklar Qöşma Ştatlarga bemalol boriş imkoniyatini saqlab qolişlari, amerikaliklar esa Avstraliyaga heç qanday çeklovlarsiz safar uyuştirişlari” borasida faol ravişda hamkorlik qilmoqda.

Vazirning jurnalistlarga ma'lum qilişiça, u AQŞ vitse-prezidenti Maykl Pens bilan ikki bora telefon orqali suhbat qilgan hamda ularda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama etilgan.