AQŞ prezidenti Donald Tramp OAVlari muhojirlik siyosati haqidagi sözlarini “musulmonlar uçun taqiq” deb notöğri talqin qilişganini aytib ötdi.
- Aniqlik kiritmoqçiman - bu musulmonlarga taqiq emas. OAV buni notöğri tuşunişdi. Bu din bilan boğliq masala emas – bu terror va mamlakatimizdagi xavfsizlik haqida. Bu farmonda söz yuritilmagan dunyo böylab 40dan ortiq har xil davlat bor va ularda asosan musulmonlar istiqomat qiladi, - deyiladi Amerika prezidenti maxsus bayonoti matnida.
Avvalroq Tramp “Mamlakatni xorijiy terrorçilar kirib kelişidan himoyasi töğrisida”gi farmoni bilan mamlakatga 90 kun davomida Eron, Iroq, Yaman, Liviya, Suriya, Somali va Sudan fuqarolari kirib kelişini taqiqlab qöydi. Hujjat şuningdek barça qoçqinlarni qabul qilişni 120 kunga töxtatib turiş hamda Suriyalik qoçqinlarni qabul qilişni noma'lum muddatga qoldirişni ham nazarda tutadi.

















