Qozoğiston bilan bir vaqtda Özbekistonda ham non narxi oşdi

Hukumat qarori iste'mol mahsulotlariga öz ta'sirini körsatdi. Endi davlat fermerlardan va donni qayta işlaş korxonalaridan don sotib oliş narxini sun'iy ravişda uşlab turmaydi. 

15 oktabr kunidan Toşkent dökonlarida «buxanka» non narxi 1350–1500 sömdan sotilişi boşlandi.

Endilikda 14 yoşgaça bölgan bolalari uçun tayinlangan nafaqani oluvçi oilalarga hamda belgilangan eng kam yoşga doir pensiya miqdorida pensiya oluvçilarga ham 50 ming söm miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi joriy etiladi hamda ularning nafaqa va pensiyalari miqdori 50 ming sömga köpayadi.

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasining ijro etuvçi direktori Bahrom Aşrafxonov non narxi qaysi zaruriyat tufayli oşirilayotganini izohladi.

Lisenziyasi olingan Otajonov va litsenziyasi qaytarilgan Otajonov

13 oktabr kuni taniqli xonanda Ozoda Saidzoda keçirilişi va unga yana erkin ijod qiliş imkoniyati taqdim etilişi ortidan, 14 oktabr kuni boşqa bir xonanda Jahongir Otajonovning litsenziyasi tugatildi. Bunga sabab sifatida u ijtimoiy tarmoqlarda özini san'atkor odobiga, milliy qadriyatlarga yot bölgan harakatlari (u ijtimoiy tarmoq orqali çiqiş qilib, «Ollaring mani litsenziyamni, maza qillaring, agar şu bilan madaniyatli bölsalaring. Man xursand bölaman... xalq madaniyatli bölib ketib qolsa şu bilan...» degandi) tufayli jazolangandi.