Ukrainalik harbiylar Donetsk xalq respublikasi vakillarini hukumat qöşinlari pozitsiyalariga yangi hujumni uyuştiriş hamda mintaqada 2014 yildan buyon davom etayotgan mojaroni avj oldirişda ayblaşdi.
Donbassda joylaştirilgan 72-alohida mexanizatsiyalangan brigadaning “Bi-bi-si”ga ma'lum qilişiça, 31 yanvar kuni ertalab DXR tarafdorlari sulhni tiklaş haqida taklif qilişdi, keyinçalik esa kutilmaganda hujumga ötişgan.
Brigadada ma'lum qilişlariça, hujumdan avval mahalliy vaqt bilan ertalabki soat 7 da Avdeyevka tumanida zambarak orqali öt oçilgan. Ukraina harbiylari sözlariga köra, şundan söng DXR tarafdorlari hujum qilişdi.
Brigada matbuot zobiti Yelena Mokrençuk sözlariga köra, hujum töxtatilgan, biroq jang hozirga qadar davom etmoqda. Brigadada yakşanba kunidan beri otişmalar tufayli yetti kişi öldirilganini tasdiqlaşdi.
Donetsk harbiy-fuqarolik ma'muriyati rahbari Pavel Jyebrivskiy ham yangi jang haqida xabar berdi. Uning qöşimça qilişiça, ayni damda ma'muriyat DXR tarafdorlari bilan öt oçişni töxtatiş borasida muzokaralar olib bormoqda.
Strategik muhim punkt deb hisoblanuvçi Avdeyevka hududdagi eng qaynoq nuqtalardan biri bölib qolmoqda. Harbiylar ma'lumotiga köra, unga reaktiv va töp artilleriyasidan, şuningdek, tanklar yordamida öt oçişmoqda.
DXRning özida esa mojaro kuçayişida ukrainalik harbiylarni ayblaşdi. Respublika vakillari tört nafar jangçisi qurbon bölganini tan oldi hamda Ukraina öz talofotlarini pasaytirib körsatganini ma'lum qildi.
Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko 31 yanvar kuni Germaniyaga bölgan taşrifini mamlakat şarqidagi mojaroli hududda vaziyatning keskinlaşişi tufayli töxtatdi. Uning matbuot xizmati Avdeyevkada otişmalar sabab favqulodda holat yuzaga kelganini va bu gumanitar halokatga çegaradoşligini ma'lum qilişdi.
Avvalroq mahalliy hukumat otişma tufayli zarar körgan elektruzatiş tarmoqlari işlamayotgani sababli Avdeyevkaning 25 ming aholisi çiroqsiz qolganini xabar berdi. Şaharda, şuningdek, suv va isitiş tizimi ham yöq.
Kutilişiça, Poroşenko tarkibiga Ukraina, Rossiya va YeXHT kiruvçi uç tomonlama aloqa guruhining navbatdan taşqari yiğilişini çaqiradi. Uning uçraşuvi 1 fevralga rejalaştirilgandi, biroq endilikda 31 yanvar kuni bölib ötişi mumkinligi xabar qilindi.

















