"Rossiya segodnya" xalqaro axborot agentligi ixtiyorida Suriya respublikasining asosiy qonuni – konstitutsiyasi loyihasi paydo böldi. Uni Rossiya tomoni Suriya muammosi böyiça Ostonada bölib ötgan muzokaralar iştirokçilariga taqdim qilgan edi. Ria.ru sayti uning matnini töliq e'lon qilgan.
Eslatib ötamiz, 2017 yil 23-24 yanvar kunlari Qozoğistonning Ostona şahrida Suriyadagi ziddiyatli tomonlar, Turkiya, Rossiya, Eron va AQŞ, BMT vakillari iştirokida Suriya inqiroziga barham berişga qaratilgan köp tomonlama muzokaralar bölib ötdi.
















