30 yanvarga ötar keçasi Kanadaning Kvebek şahridagi islom madaniy markazi masjidiga uyuştirilgan hujum natijasida kamida olti kişi halok böldi, sakkiz kişi yaralandi.
Hodisa joyida huquq-tartibot idoralarining qurolli otryadi işlamoqda.

Huffington Post Quebec ma'lumotlariga köra, politsiya ikki nafar gumonlanuvçini qölga oldi. Ayni vaqtda bu şaxslar söroq qilinmoqda.
Reuters ma'lumotiga köra esa, hujum qiluvçilar soni 3 kişi edi.

Mahalliy naşrlar ma'lumotlariga köra, niqob taqqan noma'lum şaxslar keçki namoz vaqtida masjidni öqqa tutgan. Ular hujumdan oldin diniy hayqiriqlarni aytişgan. Bu vaqtda bino içida 40 nafarga yaqin kişi bölgan.

Kvebek provinsiyasi boş vaziri Filipp Kuyar hujumni terakt deb atadi. Kvebekda şu kuni davlat bayroqlari tuşirib qöyiladigan böldi.
Kanada boş vaziri Jastin Tryudo bu hodisani «bema'ni zöravonlik akti» va «musulmonlarga nisbatan terrorçilik hujumi» deb ta'rifladi.
«Bugun kanadaliklar Kvebekdagi masjidda sodir bölgan qörqoqlarga xos hujum natijasida halok bölganlarga motam tutmoqda. Mening bor fikrim hozir hujum qurbonlari va ularning oilalari bilan band», — deya qayd etdi Tryudo.


















