AQŞ prezidenti Donald Tramp Hollivud aktyori Arnold Şvartseneggerni ustidan kulib, uning Kaliforniya gubernatori lavozimidagi hamda NBC kanalidagi “Şogird” şou dasturidagi boşlovçilik işini tanqid qildi.

Avvalroq Şvartsenegger Trampga “işlar bilan almaşişni” taklif qildi. Şu tariqa u prezidentning körsatuv past reytinglari borasidagi navbatdagi tanqidiga javob qaytargan. Tramp ham bir vaqtlar “Şogird” şousida boşlovçilik qilgan.

“Ha, Arnold Şvartsenegger Kaliforniya gubernatori işini haqiqatan ham yomon bajardi, biroq yanada yomonroği – uning “Şogird” şousidagi boşlovçilik işi... Biroq u urinib kördi!”, - deya ma'lum qildi Tramp Twitter mikroblogida.

“Şogird” şou dasturi NBC telekanalidagi körsatuv bölib, unda yulduzlar xayriya uçun mablağ yiğişda kömak beradi. Tramp 2004 yilda uning ijroçi prodyuseri bölgandi. Şou yuqori reyting körsatkiçlariga erişib, uç bora Emmy mukofotiga qöyilgan. Biroq keyinçalik millionerdan mojaroli saylovoldi bayonotlari sabab dasturni tark etişni söraşgan.

Şou 2017 yilda qayta tiklandi. Dasturda kinoaktyor va Kaliforniya sobiq gubernatori Arnold Şvartsenegger boşlovçilik qila boşladi.