Amerikaliklarning kamida 51 foizi AQŞ prezidenti Donald Tramp siyosatiga qarşi çiqmoqda. Bundan Gallup poll found tahliliy agentligi tomonidan ötkazilgan sörov natijalari guvohlik bermoqda.

Trampning prezident lavozimidagi birinçi sakkiz kuni 51 foiz amerikaliklar noroziligiga sabab bölgan bölsa, AQŞ yangi rahbari siyosatini 42 foiz amerikalik qöllab-quvvatlamoqda. Sörovda voyaga yetgan 1,5 ming amerikalik iştirok etgan. Xato 3 foizni taşkil etişi mumkin.

Hill gazetasining ta'kidlaşiça, prezidentlik lavozimiga 2009 yilda kirişgan AQŞ sobiq prezidenti Barak Obama öz işi haqidagi 51 foiz salbiy fikrlarni faqatgina 2011 yilning avgustida olgan.

Avvalroq Tramp “Mamlakatni xorijiy terrorçilar kirib kelişidan himoyasi töğrisida”gi farmoni bilan mamlakatga 90 kun davomida Eron, Iroq, Yaman, Liviya, Suriya, Somali va Sudan fuqarolari kirib kelişini taqiqlab qöydi. Hujjat şuningdek barça qoçqinlarni qabul qilişni 120 kunga töxtatib turiş hamda Suriyalik qoçqinlarni qabul qilişni noma'lum muddatga qoldirişni ham nazarda tutadi.

AQŞ şaharlarida yakşanba kuni farmonga qarşi köp ming kişilik norozilik aksiyalari ötkazildi. New York Times naşri ma'lumotiga köra, aksiyalar Boston, Mayami, Nyu-York, Filadelfiya, Xyuston, Detroyt, Los-Anjyeles va Atlanta şaharlaridagi maydon hamda aeroportlarda bölib ötdi.