Hollivud yulduzlari AQŞ Kinoaktyorlar gildiyasi mukofotini topşiriş marosimida mamlakat prezidenti Donald Trampning qoçqinlar va yetti mamlakat fuqarolarining AQŞga kirişini taqiqlovçi farmonini tanqid ostiga olişdi. Bu haqida The Hollywood Reporter naşri xabar berdi. 

Xususan "Vitse-prezident" seriali orqali tanilgan aktrisa Juliya Luis-Dreyfus taqiqlovdan dahşatga tuşgani, zero özi ham muhojirning farzandi ekanini ta'kidladi. Uning sözlariga köra, otasi natsistlar tomonidan egallangan Fransiyadan qoçgan bölgan.

Aktyor Maherşala Ali ("Oy şu'lasi"), öz navbatida, AQŞda musulmon böliş qanday ekani töğrisida nutq sözladi. 

Akstrisa Kerri Vaşingtonning qizil yölakça böylab ötgan köylagida qoçqinlarga hamdardlik bildiriş ramzi bölgan töğnoğiçni köriş mumkin edi. Marosimning boşqa ba'zi mehmonlari ham xuddi şunday yöl tutişdi. 

"Katta portlaş nazariyasi" yulduzi Saymon Helberg va uning turmuş örtoği Joslin Taun suratkaşlarga "Qoçqinlarni xuş kördik" mini-plakatini namoyiş etişdi.