AQŞ prezidenti Donald Trampning bayonotiga köra, barça mamlakatlar fuqarolari uçun viza beriş qayta tiklanadi. Buning uçun 90 kun mobaynida xavfsizlik siyosatida qöşimça çoralar işlab çiqilişi kerak. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.
«Aniq bölişi uçun aytaman — bu musulmonlarga qarşi taqiq emas, OAV notöğri izohlaşmoqda», — degan Tramp. «Gap din haqida borayotgani yöq — terror va mamlakatimiz xavfsizligini qanday ta'minlaş haqida bormoqda» — deb qayd etgan Tramp.
Uning qöşimça qilişiça, dunyoda aholisining aksariyati musulmonlardan iborat 40dan ortiq mamlakatiga uşbu çeklov çoralari joriy qilinmagan.
AQŞ ma'muriyatining farmoni, şuningdek, qora röyxatda bölib qolgan mamlakatlarning tanqidiga uçradi. Xususan, Tehron Vaşington harakatlariga javob çoralarini körişga va'da berdi.
Şu bilan birga, Tramp farmoni AQŞda ham tanqid qilinmoqda. Jumladan, Fuqarolar erkinligi Amerika kasaba uyuşmasi – American Civil Liberties Union advokatlari Tramp farmoni sababli mamlakatga kiritilmagan ikki nafar iroqlik nomidan sudga murojaat qilişdi. AQŞning 16 ştati boş prokurorlari ham prezident farmonini qoralaşdi.

















