AQŞlik aktyor, Kaliforniya ştatining sobiq gubernatori Arnold Şvartsenegger AQŞ prezidenti Donald Trampga örinlar bilan almaşişni taklif qildi. Aktyor şu tariqa Trampning tanqidiga javob qaytardi. Jangari filmlar yulduzi videoyozuv körinişidagi uşbu javobni tvitterda çop etdi.

Avvalroq Tramp milliy ibodat nonuştasida "Yulduz şogird" teleşousida muvaffaqiyatli iştirok etganini aytgan va Şvartsenegger boşlovçilik qilayotgan şouning yangi mavsumini past reytinglar uçun tanqid qilgandi. 

"Ular katta yulduz, Arnold Şvartseneggerni mening örnimga olişdi va biz hammamiz bundan nima çiqqani bilamiz", deb ta'kidlab ötdi Tramp.

Tramp hazillaşib, zalda töplangan odamlarni "Arnold va uning reytinglari uçun ibodat qilişga" çaqirgan.

Aktyor videoyozuvda Trampga iş örinlari bilan almaşişni taklif qilgan.

"Ey, Donald, ajoyib ğoya bor: nima uçun örin almaşib körmaymiz, sen yana televideniyeda boşlovçilik qilasan, çunki sen reytinglar böyiça mutaxassissan, men esa seni işingni olaman va odamlar nihoyat yana tinç uxlay oladilar", deb aytgan  Şvartsenegger Trampga murojaat qilib.

Aktyor vakili keyinroq "Arnold prezident Tramp öz reytinglarini yaxşilaşni boşlaşiga ibodat qiladi, çunki bu reytinglar yangi prezident uçun tarixdagi eng yomonlaridir", deb aytilgan bayonotni çop etgan.