Ukraina TIV Donbassdagi vaziyat keskinlaşuvida Rossiyani ayblaydi, deb xabar qilgan vazirlik matbuot xizmati. Rossiya tomoni rasmiy Kiyev va ğarb mamlakatlarining bu kabi ayblovlarini bir neça marotaba inkor etgan hamda Ukraina içidagi mojaro tarafdori emasligini ta'kidlagan. 

Avvalroq, tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi mudofaa vazirligi ham Donbassda vaziyat keskinlaşgani haqida xabar qilgan edi. 30 yanvar kuni 10dan ortiq ukrain harbiylari öldirilgan, 15dan ortiği yaralangan. 

Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko ma'muriyatining ma'lum qilişiça, davlat rahbari Avdeyevkadagi vaziyat tufayli Germaniyaga safarini muddatidan avval yakunlagan. 

DXR rahbari Aleksandr Zaxarçenkoning sözlariga köra, Kiyevga Donbassdagi mojaro kuçayişi kerak, şunda AQŞ prezidenti Donald Trampga öz talablarini ilgari sura oladi. 

Xabarlarga köra, şu munosabat bilan Ukraina TIV Moskvaga bosim ötkazişni sörab, xalqaro hamkorlariga murojaat qilgan.