Avtomashina egasi ehtiyotsizligi oqibatida o‘g‘riga uchradi

Illyustrativ foto
2017 yilning 9 yanvar kuni soat 21:00da Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Navbatchilik qismiga Shamurzayev Ramazan qo‘ng‘iroq qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan Daewoo Nexia Sohs 150 rusumli avtomashinasi Yunusobod tumanining 18-dahasidan olib qochilganligi to‘g‘risida xabar beradi.
Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, avtomashina Toshkent viloyatining Zangiota tumani hududidan topilib, avtomashinani S.B. olib qochganligi ma'lum bo‘ldi.
Hozirgi kunda dastlabki tergov hujjatlariga ko‘ra, S.B. ga nisbatan Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi, ya'ni transport vositasini olib qochish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shu o‘rinda yana bir mulohaza. Sir emas g‘araz niyatli kishilar mulk egasining beparvoligidan, albatta, samarali foydalanadilar. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, transport vositalarini o‘g‘irlash asosan, avtomobil egalarining ayblari bilan sodir bo‘lmoqda. Ko‘pchilik haydovchilar kalitni o‘t oldirish moslamasida qoldirib, mashina eshigini o‘zini qulflab yoki bo‘lmasa, masofadan boshqarish qurilmasi – mejikar orqali yopib ketmoqdalar. Bu ham transport vositasini olib qochish uchun qulay sharoit hisoblanadi. Ma'lumotlarga ko‘ra, yuqoridagi holatda ham avtomashina egasi kalitni o‘t oldirish moslamasida qoldirgan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28
-
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Jamiyat | 22:20
-
Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi
O‘zbekiston | 21:59
-
Andijondagi toshqin, oliy ta’limdagi o‘zgarishlar va do‘xtirlarga $1500 oylik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 21:33
Mavzuga oid

14:13 / 16.02.2025
Farg‘onada o‘g‘irlikka tushgan yigit onani bolalari ko‘z o‘ngida o‘ldirdi

19:12 / 30.01.2025
Niderlandiyada 2,5 ming yillik oltin buyumlarni o‘g‘irlashda gumonlangan shaxslar ushlandi

18:19 / 13.01.2025
Pop tumani hokimining o‘g‘irlik qilgan o‘g‘lini qamoqdan ozod qilgan sudya “Ibratli sudya” deb topildi

19:19 / 01.01.2025