Özbekiston terma jamoasi Jahon boks seriyasining (WSB) endigina boşlangan 7-mavsumini mağlubiyat bilan boşladi. Özbekistonlik boksçilar mavsumning 1-turida mehmonda Xitoyning China Dragons jamoasiga mağlub bölişdi, deb xabar bermoqda sports.uz naşri.

Bu uçraşuvda Uzbek Tigers ("Özbek yölbarslari") jamoasini 5 ta vazn toifasida quyidagi boksçilar bildirdilar: Mironşox Ibrohimov (49 kg), Abdulhay Şarahmatov (56 kg), Elnur Abduraimov (64 kg), Uluğbek Haqberdiyev (75 kg) va Boburbek Yöldoşev (91 kg).

Uçraşuv "yölbarslar" uçun muvaffaqiyatli boşlandi: 1-jangda Mironşox Ibrohimov raqibi Xin Xuyangni 3:0 hisobida mağlub etdi. 2-jangda Abdulhay Şarahmatov ham Long Yang ustidan şunday hisobda zafar quçdi.

Biroq Elnur Abduraimov noma'lum sabablarga köra ringga kötarilmagan, Uluğbek Haqberdiyev va Boburbek Yöldoşev esa mağlubiyatga uçraganlar. Şu tariqa, 1-turda Özbekiston Xitoyga 3:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Joriy yilda 12 ta jamoa uç guruhga bölingan. Uzbek Tigers China Dragons, Russian Boxing Team (Rossiya) va Astana Arlans (Qozoğiston) bilan S guruhidan joy olgan. Özbekistonlik boksçilar keyingi uçraşuvni 18 fevralda mehmonda qozoğistonlik raqiblariga qarşi ötkazadilar.