«Melburn Siti» hujumçisi Tim Kexillga «Melburn Viktori» jamoasiga qarşi öyin vaqtida zaxiradan öyinga qöşilişi arafasida qizil kartoçka körsatildi.

Bu vaziyat Avstraliya A-ligasining 18-tur uçraşuvi vaqtida röy bergan. 86-daqiqada «Melburn Siti» himoyaçisi Emmanuel Muskat töpni öz darvozasiga kiritib yuborgandi, ammo qanot hakami bu vaziyatda hujum qiluvçi jamoa futbolçisi ofsaydda ekanini qayd etgandi. Şundan söng maydonda bahsli vaziyat yuzaga keldi. Yakunda öyin boş hakami Kris Bit yordamçisining qarorini bekor qildi va gol hisoblandi. Maydondagi mojaroga maydon taşqarisidagilar ham aralaşdi. Natijada maydonga tuşişga hozirlik körayotgan Kexill öz qarşisida qizil kartoçka kötargan hakamni kördi. Öyin Kexill jamoadoşlarining 1:2 hisobidagi mağlubiyati bilan yakunlandi.