Özbekiston milliy xavfsizlik xizmati xodimlari Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi xodimi Umid Ravşanbekovni yirik miqdorda pora olayotganida qölga olişdi. Bu haqda Sputnik kuç tizimi vakiliga asosan xabar berdi.
Umid Ravşanbekov hozirda Jinoyat kodeksining 210-moddasi ("Pora oliş") böyiça işi tergovda bölgan Xorazm viloyati Boğot tumani yer resurslari va davlat kadastri bölimi sobiq boşliği Otabek Törayevning qarindoşlaridan 20 ming dollar söragan.
"Ravşanbekov bu pul evaziga özining huquq-tartibot organlaridagi tanişlari orqali ayblanuvçini jinoiy javobgarlikdan ozod qilişda yordam berişni va'da qilgan. Tezkor xodimlar Ravşanbekovni Çilonzor tumanida 10 ming dollarni bönak sifatida olayotgan paytda qölga olişdi", — degan MXX vakili.
Suriştiruv davomida şuningdek, Ravşanbekov ilgari Törayevni Xorazm viloyati Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlaşda yordam berişini aytib, undan 10 ming dollar olgani aniqlandi.
Mazkur holat böyiça Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalari böyiça jinoyat işi qözğatildi. Tergov doirasida Ravşanbekovning şeriklarini aniqlaş işlari olib borilmoqda.

















