Bugun, 6 fevral kuni Yelizaveta II Birlashgan Qirollik, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya va boshqa Britaniya Hamdo‘stligi mamlakatlari qirolichasi sifatida e'tirof etilganiga 65 yil bo‘ldi. Yelizaveta II — Britaniyaning Shekspir, Big-Ben, The Beatles kabi timsollaridan biri. Uning surati tangalar va kiyimlarga tushirilgan. Unga madhiyalar va qo‘shiqlar atashadi. Qirolichaning katta oilasi - turmush o‘rtog‘i Filipp, Edinburg gersogi, 4 nafar farzandi, 8 nafar nevarasi va hozircha 5 evarasi bor. 2016 yilning aprelida qirolicha o‘zining 90 yoshligini nishonladi.
Yelizaveta II Qirollik bandargohining taxt xonasidagi Temir Taxtni tomosha qilmoqda, butun dunyoga mashhur "Taxtlar o‘yini" seriali shu pavilonda tasvirga olingan, 2014 yil

Yelizaveta II (chap tomonda), 1927 yil

Yelizaveta II 13-yoshga to‘lgan kun, 1939 yil

Yelizaveta II Bukengem saroyida o‘zining xorijiy pochta markalari kolleksiyasini ko‘zdan kechirmoqda, 1946 yil

Qirolicha Yelizaveta Ikkinchi jahon urushi vaqtida xizmatda

Yelizaveta II 21 yoshga to‘lgan kun, Janubiy Afrikadagi Royal-Natal Milliy parkida, 1947 yil

Yelizaveta II va shahzoda Filippning to‘yi, 1947 yil
























