Peysning ta'kidlashicha, mijozlar bu ofislarda nafaqat bankomatlardan foydalanishlari, balki kredit kartasiga buyurtma berishlari, ipoteka yoki avtokreditni rasmiylashtirishlari mumkin. Bank of America boshqa bo‘linmalarining xodimlari videoaloqa yordamida tashrif buyurganlarga yordam ko‘rsatib turishadi.
Bank vakilining ta'kidlashicha, hech kim ishlamaydigan ofislarni ishga tushirish sarf-xarajatlarni kamaytirish ishlari doirasida amalga oshirilgan. Peys so‘zlariga ko‘ra, Minneapolis (Minnesota shtati) va Denver (Kolorado shtati)da ochilgan ofislar hajmi xodimlar ishlaydigan oddiy filialning taxminan to‘rtdan bir qismiga teng.











