AQŞ sobiq prezidenti Barak Obama britaniyalik milliarder Riçard Brensonni syorfing böyiça musobaqada mağlubiyatga uçratdi. Bu haqda tadbirkor öz blogida xabar berdi.
Sobiq davlat rahbari rafiqasi Mişel Obama bilan Britaniyaning Virgin orollaridagi Brensonga tegişli kurortda hordiq çiqargan.
Milliarderning sözlariga köra, Obama unga prezident bölişdan avval Havayida syorfing bilan şuğullangani va yangi xavfsizlik xizmati rahbari öşandan keyingi sakkiz yil davomida unda syorfing bölmasligiga va'da berganini aytgan.
Şuning uçun Brenson sobiq prezidentga kaytsyorfingga örganişni taklif qildi (varrak yordamidagi syorfing). Işbilarmonning özi suv osti qanoti bölgan taxtada syorfing bilan şuğullanişni afzal bildi. Natijada döstona musobaqa yuzaga keldi: tomonlar maşqlarning sönggi kunida kim taxtada köproq qola biliş böyiça bir-birlari bilan bahslaşişga kelişib olganlar.
Brensonning xabar berişiça, ular Obama bilan köp bora yiqilişgan, biroq yana harakat qilişda davom etişdi. Milliarder final bosqiçida 50 metrlik masofani ortda qoldirgan bölsa, sobiq prezident – 100 metrlik körsatkiçni qayd etdi.
Endilikda Obama kurortni tark etgaç, Brenson keyingi qarama-qarşilik uçun maşqlarni davom ettirişni rejalaştirmoqda.
















