2017 yil 3 mart kuni Toşkent davlat şarqşunoslik institutida “Bitiruvçilar yarmarkasi” taşkil etilmoqda.
Toşkent davlat şarqşunoslik instituti jahon standarlariga javob beradigan, mutaxassisligidan taşqari, ğarb va şarq tillarini biladigan kadrlari bilan “mehnat bozori”da öz örniga ega.
Bölajak mutaxassislarni iş bilan ta'minlaşga qaratilgan navbatdagi tadbirda bakalavriat va magistratura bosqiçlarining bitiruvçi kurs talabalari hamda sohaga taalluqli yurtimizdagi barça hududlaridan taşrif buyuradigan iş beruvçi korxona, taşkilot va ta'lim muassasalari vakillari iştirok etişadi.

“Bitiruvçilar yarmarkasi”ni ötkazişdan asosiy maqsad iş beruvçi korxona va taşkilotlar bilan Toşkent davlat şarqşunoslik instituti bitiruvçilari örtasida işga joylaştiriş böyiça uç tomonlamali şartnomalar tuziş va yoş kadrlarni iş bilan ta'minlaşdan iborat.

“Bitiruvçilar yarmarkasi” - “Real iş beruvçi-real iş joylari” şiori ostida bölib ötişi hamda taşkilotçilar fikriga köra, ança samarali va qiziqarli bölişiga katta işonç bildirilmoqda.
















