Öktam Sultonov (ism-familiyalar özgartirilgan) ilgari ham sudlanib, amnistiya aktiga muvofiq tayinlangan jazodan ozod qilingan bölsa-da, bundan tegişli xulosa çiqarmagan ekan, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Töğri yölga yuriş örniga halol mehnat qilmay, qayta jinoyatga qöl urdi. Tanişlari Asqar Xudoyorov va Zafar Davronovlar bilan bozor atrofida valyutafuruşlik bilan şuğullana boşladi.

Öşa kun ham Pastdarğom tumanidagi “Juma dehqon bozori” darvozasi yonida “xaridor” çorlab turişgan edi. Öktamning yoniga ikki ayol kelib, 7 ming AQŞ dollarini sömga almaştirib berişni söraşdi. 

AQŞ dollarini qöliga olgan Öktam ularni “xonasi”ga boşladi. 

-  Men özimda borini sanab köray-çi, - Öktam şunday deya yonidagi pullarni sanab kördi. 24 mln. söm puli bor ekan. Telefon orqali tanişlari Zafar va Asqarni yordamga çaqirdi. Ular ham özlarida bor pullar bilan yetib kelişdi. Ayollar pulni sanaşga kirişişgan ham ediki, xonaga huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari kirib kelişdi. Xolislar iştirokida valyutafuruşlardan olingan 23 mln. 911 ming söm aşyoviy dalil sifatida olib qöyildi.

Öktam Sultonov, Asqar Xudoyorov va Zafar Davronovga sud hukmi bilan eng kam oylik iş haqining 100 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.