«Vikipediya» muharrirlari Britaniyaning Daily Mail tabloididan ensiklopediyaning inglizça nusxasidagi maqolalar uçun manba sifatida foydalanilişini taqiqladi. Bu «alohida vaziyatlarda» qöllanilmaydi.

The Guardian’ning yozişiça, naşrni «işonçsiz», deb hisoblaşgan. Ensiklopediya muharrirlari gazeta dalil-isbotlarni kamdan-kam holatlarda tekşirişiga, şuningdek, şov-şuv kötaradigan xabarlarga köproq e'tibor qaratişini ta'kidlaşgan.

Bundan taşqari, hozirda mavjud bölgan maqolalardagi Daily Mail’ga havola körsatilişini işonçliroq manbalarga almaştiriş rejalaştirilgan.

Ta'kidlanişiça, «Vikipediya»ning ingliz tilidagi muharrirlari uşbu naşr işonçligigi masalasini 2015 yilning boşidan muhokama qilib kelişmoqda.