Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya politsiyasi hujumga tayyorlanayotgan 4 terrorchidan 24ta portlovchi qurilmani musodara qildi
Turkiyaning janubidagi Gaziantep politsiyachilari 9 fevral, payshanba kuni mamlakatda shov-shuvli hujumlar tizimini tuzayotgan 4 nafar IShID terrorchisini qo‘lga oldi. Bu haqida DailySabah nashrida xabar berildi.
Turk politsiyasining terrorchilarga qarshi kurashuvchi bo‘limi ularni topib, qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan.
Terrorchilar maxsus operatsiya vaqtida tirik holatda qo‘lga olingan. Maxsus o‘rgatilgan itlar portlovchi moddalar va qurol-yarog‘lar yashiringan joyni aniqlashgan.
Gaziantep rasmiylarining ma'lum qilishicha, operatsiya davomida xudkush-terrorchilarga mo‘ljallangan 24 portlovchi modda va metall bo‘laklari joylangan 150 kilogrammli nimcha, ikki AK-47 Kalashnikov avtomatlari, bombalarni faollashtiruvchi 19 uyali telefon va 21 raqamli soat, qurol-yarog‘lar tortib olingan.
Gaziantep, Turkiyaning janubi-sharqidagi eng katta shahar sifatida IShID terrorchilari faol bo‘lgan shaharlardan biri.
Mavzuga oid
19:44 / 25.04.2026
AQSh–Eron urushi fonida Turkiya nega asabiylashmoqda?
18:07 / 25.04.2026
Eron urush tufayli yopilgan xalqaro aviaqatnovlarni qayta tikladi
23:00 / 24.04.2026
Turkiyada 15 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlarga kirish taqiqlandi
22:57 / 23.04.2026