FA giyohvandlik orqasidan diskvalifikatsiya qilingan 13 futbolchini sir saqlagani ma'lum bo‘ldi
Angliya futbol assotsiatsiyasi 13 futbolchining taqiqlangan moddalarni iste'mol qilishi natijasida diskvalifikatsiya bo‘lgani haqidagi xabarlarni yashirgan. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatdi.
2012/13dan 2015/16 yilgi mavsumga qadar bo‘lgan muddatda 13 nafar futbolchining doping tekshiruvlari ijobiy natijani ko‘rsatgan. Ularning ichida kokain va ekstazi moddalarini iste'mol qilganlar ham bo‘lgan. Xabarda qayd qilinishicha, futbolchilar bu kabi moddalarni o‘yindan tashqari kunlarda iste'mol qilishgan.
FA yaqindagina «Stok» hujumchisi Saydo Berahino bilan bog‘liq vaziyatdek yo‘l tutgan: futbolchini sirli ravishda diskvalifikatsiya qilgan. Bunda informatsiyaning tarqalib ketmasligi ularga yordam berishi mumkin deya hisobga olingan.
Bu davrdagi faqat ikki futbolchining taqiqlangan moddalar iste'mol qilgani ma'lum: «Sheffild Yunayted» yarimhimoyachisi Jozi Bakster (ikki marta) va «Ross Kaunti» darvozaboni Aaron Makkeri.
15/16 yilgi mavsumda 3 ijobiy natijalar aniqlangan bo‘lsa, 14/15 yilda – olti, 13/14 yilda – uch va 12/13 yilda esa bitta shunday natijalar qayd qilingan.
Mavzuga oid
07:49 / 16.12.2024
6 kgdan ortiq giyohvandlik vositalarini saqlayotgan shaxslar aniqlandi
16:04 / 29.11.2024
3 yoshli bolaning qotili 24 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
20:03 / 19.11.2024
“Ko‘p kayf qilib yuborganman” - 3 yashar bolaning qotili o‘sha kuni “glyuk”da bo‘lganini aytdi
21:47 / 15.11.2024