Kreml matbuot xizmati boshlig‘i Dmitriy Peskov Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘anga Rossiya Harbiy Kosmik kuchlarining havo zarbasi oqibatida turkiyalik harbiylar halok bo‘lgani yuzasidan hamdardlik bildirganini tasdiqladi. U bu havo zarbasi xatolik tufayli ro‘y berganini ta'kidlagan.

Bugun Turkiya Bosh shtabi Suriyaning Al-Bob shahri yaqinida turkiyalik 3 harbiy Rossiya HKKning qasddan amalga oshirilmagan hujumi qurboni bo‘lgani, shuningdek, 11 nafar harbiy jarohatlanganini ma'lum qildi.

Ayni vaqtda ikki tomon hodisa yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.